Chiziqlar bilan tasmalarga ajratilgan yo'lning qatnov qismida transport vositalarining harakatlanishi qanday amalga oshirilishi kerak?
Toʻgʻri javob: A. Qat'iy tasmalar bo'yicha, uzuq-uzuq chiziqni kesib o'tishga faqat qayta tizilishda ruxsat etiladi
Izoh
YHQ 10-bobi 70-bandi: Agar qatnov qismi yo'l chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan bo'lsa, transport vositalarining harakatlanishi qat'iy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
Maʼlumot yangilangan: