Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
AsosiyNazariyaBelgilarProfilAsosiyNazariyaBelgilarProfil
Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
Marafon
49-bilet, 13-savol

Chorrahani ikkinchi bo'lib kesib o'tadi:

Toʻgʻri javob: C. Avtomobil

Izoh

YHQ 16-bobi 104-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat’i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 106-bandi: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak. YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda rel’ssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Maʼlumot yangilangan: 19.11.2026

Bu savol qayerda uchraydi

  • 49-bilet, 13-savol
  • Mavzu: Tartibga solinmagan teng ahamiyatli chorrahalar
Oldingi savolAgar piyodalar o'tish joylaridan keyin tirbandlik paydo bo'lsa haydovchi qayerda to'xtashi kerak?Keyingi savolTo'la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillarini quyidagilar bilan jihozlanmagan bo'lsa ham foydalanishga ruxsat etiladi: