Haydovchi qayta tizilishdan va harakatlanish yo'nalishini o'zgartirishdan oldin nima qilishi zarur?
Toʻgʻri javob: A. Ushbu manyovr xavfsiz bo'lishiga va harakatlanishning boshqa qatnashchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi
Izoh
YHQ 9-bobi 53-bandiga asosan: Haydovchi harakatlanishni boshlash, yo'nalishni o'zgartirish (qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, quvib oʻtish va aylanib o'tish) va to'xtashdan oldin bajarilayotgan manyovr xavfsiz ekanligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Maʼlumot yangilangan: