Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
AsosiyNazariyaBelgilarProfilAsosiyNazariyaBelgilarProfil
Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
Marafon
17-bilet, 3-savol

Haydovchilardan qay biri yo'lovchilarni tushirish uchun to'g'ri to'xtadi?

Toʻgʻri javob: B. Mototsikl va ko'k avtomobil haydovchilari

Izoh

YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oltinchi, oʻn ikkinchi va yigirma birinchi xatboshlariga asosan: 1.4 — to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 «To'xtash taqiqlangan» yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi to'siq ustidan chiziladi; 1.10 — to'xtab turish taqiqlangan joyni bildiradi; yakka holda yoki 3.28 yo'l belgisi bilan qo'llaniladi va yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi; 1.17 — yo'nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to'xtab turish joylarini bildiradi; YHQ 13-bobi 91-bandining to'qqizinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: bekat maydonchalarida, yo'nalishli transport vositalari toʻxtash joylarida, jumladan, 1.17 chizigʻi bilan belgilangan, ular boʻlmaganda esa yo'nalishli transport vositalari toʻxtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yoʻnalishi bo'ylab (yetmasdan va o'tib ketib) 15 metrdan kam masofada.

Maʼlumot yangilangan: 19.11.2026

Bu savol qayerda uchraydi

  • 17-bilet, 3-savol
  • Mavzu: Toʻxtash va toʻxtab turish

Savolga oid yoʻl belgilari

  • 1.10 Sohilga chiqish yoʻl belgisi1.10 Sohilga chiqish
  • 1.17 Tosh otilish xavfi yoʻl belgisi1.17 Tosh otilish xavfi
  • 3.27 To’xtash taqiqlangan yoʻl belgisi3.27 To’xtash taqiqlangan
  • 3.28 To’xtab turish ta'qiqlangan yoʻl belgisi3.28 To’xtab turish ta'qiqlangan
Oldingi savolQaysi transport vositalariga ushbu belgining amal qilishi taaluqli emasKeyingi savolEnli uzuq-uzuq chiziq ko'rinishidagi yotiq chiziq nimani bildiradi?