Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
AsosiyNazariyaBelgilarProfilAsosiyNazariyaBelgilarProfil
Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
Marafon
10-bilet, 17-savol

Kunduzgi vaqtda transportning old yoki orqa tomoniga 1 metrdan ortiq chiqib turgan yuk qanday belgilanadi?

Toʻgʻri javob: A. Diagonali bo'yicha qizil va oq almashuvchi chiziqlari bo'lgan taxtacha yoki bayroqchalar bilan

Izoh

YHQ 27-bobi 163-bandiga asosan: Transport vositasining gabaritlaridan old yoki orqa tomonga bir metrdan, yon tomonga gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk «Katta o'lchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi, qorong'i vaqtda va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda esa bunga qo'shimcha ravishda old oq chiroq yoki yorug'lik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorug'lik qaytargich bilan belgilanishi kerak. YHQ 29-bobi 176-bandining sakkizinchi xatboshisiga asosan, transport vositalariga quyidagi taniqlik belgilari oʻrnatilishi kerak: «Katta oʻlchamli yuk» — ichiga kengligi 50 millimetrli, diagonal bo'yicha navbatma-navbat qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, nur qaytaradigan yuzali, o'lchami 400 x 400 millimetrli toʻrtburchak shaklidagi belgi.

Maʼlumot yangilangan: 19.11.2026

Bu savol qayerda uchraydi

  • 10-bilet, 17-savol
  • Mavzu: Yuk tashish
Oldingi savolYo'lovchilarning va mahkamlanmagan yukning shiddat bilan oldinga surilib ketishiga nima sabab bo'lishi mumkin?Keyingi savolBu yotiq chiziq quyidagi vazifani bajaradi: