Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
AsosiyNazariyaBelgilarProfilAsosiyNazariyaBelgilarProfil
Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
Marafon
9-bilet, 6-savol

Kunning qorong'i vaqtida yo'lning yoritilgan qismida harakatlanayotgan mexanik transport vositasida qaysi chiroqlar yoqilgan bo'lishi kerak?

Toʻgʻri javob: A. Faralarning yaqinni yorituvchi chiroqlari

Izoh

YHQ 23-bobi 135-bandiga asosan, quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi chiroqlar o'rniga yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak: aholi yashash joylarida yo'l yoritilgan bo'lsa; qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda, shuningdek haydovchi transport vositasining chiroqlarini vaqt-vaqti bilan oʻchirib bunga zaruriyat borligini bildirgan hollarda undan ham koʻproq masofada; qarama-qarshi va bir yoʻnalishdagi transport vositalari haydovchilarining ko'zini qamashtirishi mumkin boʻlgan boshqa barcha holatlarda. Ko'zi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish bo'lagini o'zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to'xtashi kerak.

Maʼlumot yangilangan: 19.11.2026

Bu savol qayerda uchraydi

  • 9-bilet, 6-savol
  • Mavzu: Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish
Oldingi savolChorrahadan ikkinchi bo'lib qaysi avtomobil o'tadi?Keyingi savolChorraha qismida kesib o'tgan yo'lga nisbatan asosiy bo'lgan yo'lda transport vositalarini quvib o'tishga ruxsat etiladimi?