Qanday hollarda to'xtab turish taqiqlanadi?
Toʻgʻri javob: D. Transport vositalarining harakatlanishiga imkon qoldirmaydigan kirishga yoki chiqishga va piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda
Izoh
YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: Quyidagi joy va holatlarda toʻxtash taqiqlanadi: piyodalar o'tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda; qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo'lning sidirg'a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno); transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan to'sib qo'yadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.
Maʼlumot yangilangan: