Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
AsosiyNazariyaBelgilarProfilAsosiyNazariyaBelgilarProfil
Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
Marafon
12-bilet, 5-savol

Qaysi avtomobil chorrahadan oxirgi bo'lib o'tadi?

Toʻgʻri javob: B. Qizil

Izoh

YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Maʼlumot yangilangan: 19.11.2026

Bu savol qayerda uchraydi

  • 12-bilet, 5-savol
  • Mavzu: Tartibga solinmagan chorrahalar (asosiy yoʻl yoʻnalishi oʻzgarishi)
Oldingi savolHaydovchilardan qaysi biri to'xtashga majbur?Keyingi savolKo'rsatilgan avtomobillarning qaysi biri ag'darilishga qarshi turg'unroq?