Qaysi avtomobil haydovchisi yo'l berishi kerak?
Toʻgʻri javob: A. Qizil avtomobil haydovchisi
Izoh
Ikkala avtomobil ham ikkinchi darajali yo'lda: qizil avtomobil oldida 2.4 «Yo'l bering», ko'k avtomobil oldida 2.5 «To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi, ikkalasining ostida 7.13 «Asosiy yo'lning yo'nalishi» belgisi bor. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan, ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatli yo'llar chorrahasida haydovchi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Qizil avtomobil uchun ko'k avtomobil o'ng tomondan yaqinlashmoqda, shuning uchun qizil avtomobil haydovchisi yo'l beradi.
Maʼlumot yangilangan:


