Qaysi rasmdagi haydovchilarga qayrilib olish taqiqlangan?
Toʻgʻri javob: D. Faqat chapdagi va o'ngdagi rasmlarda
Izoh
Chapdagi rasmda 3.19 «Qayrilish taqiqlangan» belgisi o'rnatilgan: bu chorrahada qayrilib olish taqiqlanadi. O'ngdagi rasmda 5.8.1 «Tasmalar bo'yicha harakat yo'nalishi» belgisi: chap tasmadan faqat chapga, o'ng tasmadan to'g'riga va chapga harakatlanishga ruxsat beradi. YHQ 1-ilovasiga ko'ra, chetki chap tasmadan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 belgisi faqat shu tasmadan qayrilishga ruxsat beradi. Ko'k avtomobil o'ng tasmada turibdi, shuning uchun undan qayrilib olish taqiqlanadi. Pastdagi rasmda 3.18.2 «Chapga burilish taqiqlanadi» belgisi. Bu belgi qayrilib olishni taqiqlamaydi. Demak, qayrilib olish chapdagi va o'ngdagi rasmlarda taqiqlangan.
Maʼlumot yangilangan:


