Relssiz transport vositalarining harakatlanishi uchun tasmalar soni qanday aniqlanadi?
Toʻgʻri javob: D. Barcha sanab o'tilgan usullar bilan
Izoh
YHQ 10-bobi 64-bandiga asosan: Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo'l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo'l belgilari bo'lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o'lchamlarini hisobga olgan holda o'zlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama bo'lgan yo'l qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka ko'tarilishdagi qo'shimcha tasmalar, yo'nalishli transport vositalarining to'xtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan deb hisoblanadi.
Maʼlumot yangilangan:
Bu savol qayerda uchraydi
Savolga oid yoʻl belgilari
5.8.1 Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi
5.8.2 Bo’lak bo’yicha harakatlanish yo’nalishi
5.8.2 Bo’lak bo’yicha harakatlanish yo’nalishi
5.8.2 Bo’lak bo’yicha harakatlanish yo’nalishi
5.8.2 Bo’lak bo’yicha harakatlanish yo’nalishi
5.8.7 Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi
5.8.7 Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi
5.8.8 Bo’laklar bo’yicha harakatlanish yo’nalishi