Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
AsosiyNazariyaBelgilarProfilAsosiyNazariyaBelgilarProfil
Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
Marafon
22-bilet, 8-savol

Siz quvib o'tish uchun chiqdingiz va bexosdan ro'paradan kelayotgan avtomobilni ko'rib qoldingiz. Agar Siz quvib o'tishni tugallay olishingizga ishonchingiz bo'lmasa, Siz:

Toʻgʻri javob: C. Tezlikni kamaytirishingiz va ilgari egallagan qatorga qaytishingiz kerak

Izoh

YHQ 12-bobi 82-bandiga asosan: Quvib o'tishni boshlashdan oldin haydovchi chapga burilishni bildiruvchi ishorasini yoqib: o'zi o'tmoqchi bo'lgan harakatlanish bo'lagi quvib o'tish uchun yetarlicha masofada bo'sh ekanligiga, quvib o'tish jarayonida harakatlanishga xavf tug'dirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga; shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o'tishni boshlamaganligiga; oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o'tish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga; quvib o'tishni tugallayotganda quvib o'tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan qatorga qaytib o'ta olishiga ishonch hosil qilishi shart.

Maʼlumot yangilangan: 19.11.2026

Bu savol qayerda uchraydi

  • 22-bilet, 8-savol
  • Mavzu: Quvib oʻtish
Oldingi savolAvtobus haydovchisiga yo'lovchilarni tushirish uchun to'xtashga ruxsat etiladimi?Keyingi savolManyovr vaqtida haydovchi har doim ogohlantiruvchi ishora berishi kerakmi?