Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
AsosiyNazariyaBelgilarProfilAsosiyNazariyaBelgilarProfil
Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
Marafon
14-bilet, 1-savol

Transport vositalari ixtiyoriga berilgan vakolatnomasi bo'lgan shaxs o'zining ishtirokida transport vositasini boshqa shaxsga boshqarishni topshirishi mumkinmi?

Toʻgʻri javob: C. Bu shaxsda mazkur toifali transport vositasini boshqarishga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasi boʻlgan taqdirda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisida ismi sharifi ko'rsatilgan bo'lsa yoki majburiy sug'urta qilish bo'yicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanishini hisobga olgan holda tuzilgan bo'lsa

Izoh

YHQ 2-bobi 8-bandiga asosan: Tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga, uning taloniga, vaqtinchalik ruxsatnomaga ega bo'lgan shaxs, oʻziga tegishli bo'lmagan transport vositasini, uning egasi yonida boʻlganida yoxud tasarruf etish huquqini beruvchi yoki egalik qilishga, foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo'lgan shaxs ishtirokidagina (ularning roziligi bilan) boshqarishi mumkin, agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish boʻyicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan yoki transport vositasini boshqarayotgan shaxs sug'urta polisida koʻrsatilgan bo'lsa.

Maʼlumot yangilangan: 19.11.2026

Bu savol qayerda uchraydi

  • 14-bilet, 1-savol
  • Mavzu: Haydovchilarning umumiy vazifalari
Oldingi savolSanab o'tilgan qaysi xollarda transport vositasidan foydalanish mumkin?Keyingi savolAgar yo'lda bu belgi o'rnatilgan bo'lsa, avtomobilni shatakka olishga ruxsat etiladimi?