Tyagach haydovchisi nima qilishi kerak?
Toʻgʻri javob: A. To'xtab, orqasida to'plangan transport vositalarini o'tkazib yuborishi
Izoh
YHQ 12-bobi 87-bandiga asosan: Aholi punktlaridan tashqaridagi yo'llarda sekin harakatlanadigan yoki katta hajmli transport vositasini quvib o'tish qiyin boʻlgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yo'lning oʻng tomoniga olishi, zarur boʻlganda esa orqasida toʻplanib qolgan transport vositalarini o'tkazib yuborish uchun to'xtashi kerak.
Maʼlumot yangilangan: