Yo'lning xavfli burilishlarida oldingi uzatmali avtomobilning orqa o'qi yon tomonga sirpanayotganda siz qanday harakat qilasiz?
Toʻgʻri javob: B. Gaz pedalini ohista bosib, avtomobilni rul chambaragini to'g'irlab, avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasiz
Izoh
Oldingi uzatmali avtomobillar orqa uzatmali avtomobillardan yetarlicha farq qiladi. Bu farqni avtomobil boshqaruvida e’tiborga olish kerak. To'g'ri yo'lda yuqori tezlikda harakatlanishda orqa yetaklovchi avtomobilga nisbatan yonga siljish extimoli kam. Biroq nam qoplamali burilishlarda avtomobil boshqarish texnikasiga rioya etilmasa, nafaqat yonga sirpanish balki avtomobil barcha g'ildiraklarining yonga siljishi va yo'l-transport hodisalari kelib chiqishi ehtimoli mavjud.
Maʼlumot yangilangan: