Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
AsosiyNazariyaBelgilarProfilAsosiyNazariyaBelgilarProfil
Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
Marafon
1-bilet, 11-savol

Yoqilgan zarg'aldoq rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha harakatlanish uchun imtiyoz beradimi?

Toʻgʻri javob: B. Yo'q

Izoh

YHQ 6-bobi 28-bandiga asosan: Zarg'aldoq yoki sariq rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar transport vositalarida quyidagi hollarda yoqilgan bo'lishi kerak: yoʻlda qurilish, ta'mirlash yoki tozalash ishlari olib borilayotganda, shuningdek, shikastlangan, nosoz transport vositalarini ortishda, tashishda; yo'l harakatida qatnashayotgan, gabarit o'lchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq bo'lgan, shuningdek, og'ir vazn va katta hajmli hamda xavfli yuklarni tashiyotgan transport vositalarini kuzatib borishda; portlovchi, tez alangalanadigan, radioaktiv moddalarni va zaharli darajasi o'ta yuqori bo'lgan moddalarni tashishda; umumiy foydalanishdagi transport vositasi yo'llarida velosipedchilarning tashkiliy jamlanmasini kuzatib borishda. Yoqilgan zarg'aldoq va (yoki) sariq rangli mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va yo'l harakatining boshqa qatnashchilarini faqat xavf haqida ogohlantiradi.

Maʼlumot yangilangan: 19.11.2026

Bu savol qayerda uchraydi

  • 1-bilet, 11-savol
  • Mavzu: Maxsus transport vositalarining imtiyozlari
Oldingi savolBunday taniqlik belgisi bilan belgilanadigan transport vositasi:Keyingi savolQuyidagi belgilar qaysi yo'nalishlarda harakatlanishga ruxsat beradi?