Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
AsosiyNazariyaBelgilarProfilAsosiyNazariyaBelgilarProfil
Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
Marafon
24-bilet, 17-savol

Agar qatnov qismining kengligi chetki chap tasmadan qayrilib olish uchun yetarli bo'lmasa, qoidalar qayrilib olishni qatnov qismining o'ng chekkasi yoki yo'lning o'ng yoqasidan amalga oshirishga yo'l qo'yadimi?

Toʻgʻri javob: B. Yo'l qo'yiladi. Bunda qayrilib olayotgan haydovchi yo'lakay va qarama-qarshi kelayotgan transport vositalarini o'tkazib yuborishi kerak

Izoh

YHQ 9-bobi 59-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Chorrahadan tashqarida qayrilib olishda, agar qatnov qismining kengligi manyovrni chetki chap holatdan bajarish uchun yetarli bo'lmasa, uni qatnov qismining o'ng chetidan (o'ng yo'l yoqasidan) amalga oshirishga yo'l qo'yiladi. Bu holda haydovchi shu yo'nalishdagi va qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga yo'l berishi shart.

Maʼlumot yangilangan: 19.11.2026

Bu savol qayerda uchraydi

  • 24-bilet, 17-savol
  • Mavzu: Harakatlanishni boshlash, manyovr qilish
Oldingi savolQaysi avtomobil to'xtab turishga to'g'ri qo'yilgan?Keyingi savolAholi punktlarida relssiz transport vositalariga, agar bir yo'nalishda uch va undan ortiq harakatlanish tasmasi bo'lganda qaysi tasmadan harakatlanishga ruxsat etiladi? Yuk avtomobillari hisobga kirmaydi