Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
AsosiyNazariyaBelgilarProfilAsosiyNazariyaBelgilarProfil
Avto Imtihon
AsosiyNazariyaBelgilarMarafonBiletlar
Marafon
24-bilet, 18-savol

Aholi punktlarida relssiz transport vositalariga, agar bir yo'nalishda uch va undan ortiq harakatlanish tasmasi bo'lganda qaysi tasmadan harakatlanishga ruxsat etiladi? Yuk avtomobillari hisobga kirmaydi

Toʻgʻri javob: C. Chapki chekkadan tashqari har qanday tasma bo'yicha. Unga faqat boshqa tasmalarda harakat serqatnov bo'lganda, shuningdek, chapga burilish, orqaga qayrilish va bir tomonlama harakat tashkil qilingan yo'lda toʻxtash uchun o'tishga ruxsat etiladi

Izoh

YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yo'nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo'lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band bo'lgan hollarda, shuningdek, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.

Maʼlumot yangilangan: 19.11.2026

Bu savol qayerda uchraydi

  • 24-bilet, 18-savol
  • Mavzu: Yoʻlning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi
Oldingi savolAgar qatnov qismining kengligi chetki chap tasmadan qayrilib olish uchun yetarli bo'lmasa, qoidalar qayrilib olishni qatnov qismining o'ng chekkasi yoki yo'lning o'ng yoqasidan amalga oshirishga yo'l qo'yadimi?Keyingi savolSvetoforning bir vaqtda yoqilgan qizil va sariq ishoralari nimani bildiradi?